Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Buxoro shahri bo‘ylab sayohat

Yangilangan sana: 1 Aprel 2019, 10:30
Buxoro shahri bo‘ylab sayohat
29 Mar 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “2018-2019 yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar” dasturi ijrosini ta’minlash va xodimlarning ma’naviyatini yanada boyitish hamda “Navro‘z” umumxalq bayramini keng nishonlash maqsadida, joriy yilning 21-22 mart kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Jizzax filialida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarning Buxoro shahriga sayohati uyushtirildi.

Azal-azaldan ma’lumki, Buxoro shahri O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri hisoblanadi. Tarixshunos va tilshunos olimlarning fikriga ko‘ra, Buxoro so‘zi “qal’a” degan ma’noni bildiradi. Shuningdek, Buxoro shahri Xitoydan Rimgacha olib boruvchi Buyuk Ipak yo‘lining eng muhim chorrahalaridan birida joylashgan.

photo_2019-03-21_17-29-39.jpg

Sayohat davomida bank xodimlari yuqori malakali gidlar tomonidan ko‘hna va qadimiy Buxoroningtarixiy-madaniy obidalari, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Xo‘ja Abduxoliq ibn Abduljamil G‘ijduvoniy ziyoratgohi,Ark, shayboniylar rasadxonasi, Somoniylar maqbarasi, Buxovuddin Naqshbandiy maqbaralari va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishish bilan birga, ushbu maskanlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlarining guvohi bo‘lishdi.

photo_2019-03-21_09-46-12.jpg

Tarixiy shaharlardan biri Buxoro o‘tgan 28 yil davomida misli ko‘rilmagan darajada obodonlashib, nafaqat respublikamiz, balki butun dunyo e’tiborini tortmoqda. Barcha sayohatga borgan xodimlarda Buxoro shahridagi qadimiy-tarixiy va madaniy obidalar, amalga oshirilgan islohotlar katta taassurot uyg‘otdi.

- Sayohat buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishish, dilni poklash uchun ajoyib imkoniyat, - deydi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Jizzax filiali rahbariyat apparati xodimi Aktam Yakubov. - Bank xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, ularda vatanga muhabbat ruhini shakllantirishda bunday ziyoratlar samara beradi.

photo_2019-03-22_10-41-50.jpg

Hazrat Xoja Bahouddin Naqshband Buxoriy kabi buyuk zotlarning musulmon olamiga qilgan barcha ezgu amallari, somoniylar, qoraxoniylar va shayboniylar davridan meros bo‘lgan ARK o‘z ichiga olgan Amir mehmonxonasi, honaqox, hujralar, hammom va supalarni ko‘rgan inson o‘zini tarixga tushib qolganday his qiladi.Bu yerdagi minora va madrasalarning me’moriy qurilishi aqlni shoshiradi.XII-XIV aslarga tegishli bo‘lgan inshootlar xozirgi kunga qadar saqlanganligi va ularning chiroyihaqida ta’rifga til ojizlik qiladi. Xullas, Buxoro bizning nazlimizda misli ko‘rinmas tarixga ega bo‘lgan hudud sifatida bir umrga yodimizda qoldi, - deya so‘zini yakunladi Aktam Yakubov.

photo_2019-03-21_17-29-38.jpg

Bank rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan tashkil qilinayotgan bu kabi sayohatlardan bank xodimlarning kayfiyatlari chog‘. Bu kabi sayohatlar xodimlarning ma’naviyatini yuksaltirish va jamoaviy muhitni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1668
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech