Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”: “BankExpo-2019” milliy ko‘rgazmasi hamkori

Yangilangan sana: 15 Aprel 2019, 15:24
“Trastbank”: “BankExpo-2019” milliy ko‘rgazmasi hamkori
11 Apr 2019

Joriy yilning 11-13 aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan “BankExpo-2019” milliy ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘tgan davr mobaynida juda ko‘pgina yutuqlarga erishgan hamda o‘zining 25 yilligini nishonlash arafasida turgan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bu yilgi “BankExpo-2019” milliy ko‘rgazmasi hamkori sifatida ishtirok etmoqda.

Mazkur ko‘rgazma, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan bank tizimini isloh qilish, banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, investitsiya loyihalari ko‘lamini kengaytirish, qolaversa respublikada qulay biznes muhitini yaratish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy nufuzini shakllantirishda banklar oldida turgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

photo_2019-04-11_15-51-54.jpg

“BankExpo-2019” milliy ko‘rgazmasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida konferensiyalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham mazkur xalqaro moliya institutlari va xorijiy kompaniyalari vakillari bilan muzokaralarda ishtirok etadi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar bu yirik anjumanda mamlakat bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari, tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, zamonaviy texnologiyalar va xizmatlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. 

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1039
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech