Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Kitob – insonni komillikka yetaklaydi!

Yangilangan sana: ...
Kitob – insonni komillikka yetaklaydi!
3 Apr 2019

Respublikamizda kitobxonlik bugungi kunda jamiyatimizning muhim ijtimoiy hamda ma’naviy voqeligiga aylanmoqda. Kitobga oshno bo‘lgan kishi hech qachon zamondan ortda qolmaydi. Kitob inson kamolotida benazir ma’naviy qanot hisoblanadi.

2.JPG

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini sermazmun tashkil etish va yosh avlod o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida, joriy yilning 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda “Harbir rahbar o‘z shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bunday ezgu tashabbus kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qilishi, farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi”ni ta’kidlab o‘tdi.

3.JPG

Prezidentimiz tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, qolaversa 23 aprel – “Xalqaro kitob kuni” arafasida yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda ta’lim maskani kutubxonasi fondini to‘ldirishga hissa qo‘shish maqsadida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov o‘zi ta’lim olgan Shayxontohur tumanidagi 10-umum ta’lim o‘rta maktabga tashrif buyurdi.

4.JPG

Bank Boshqaruvi Raisi o‘zi ta’lim olgan maktabda bilim olayotgan yosh avlod bilan bevosita suhbatlashib, bunday ko‘rkam ta’lim maskanida kitobga do‘st bo‘lish, mutolaaga oshno tutinish shu qadar ahamiyatli ekanini ta’kidlab, nafaqat jahon adabiyotining nodir asarlarini, balki o‘zbek va rus adabiyotini ham albatta mutolaa qilishni tavsiya qildi. Shu bilan birga, bank Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov o‘z shaxsiy kutubxonasi hamda yangi chop etilgan kitoblardan iborat to‘plamni mazkur ta’lim muassasasi kutubxonasiga sovg‘a qildi.

5.JPG

7.JPG

6.JPG

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 6788
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech