Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

O‘quv seminar o‘z ishini yakunladi

Yangilangan sana: 24 Iyun 2019, 17:20
O‘quv seminar o‘z ishini yakunladi
24 Iyun 2019

2019 yilning 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 18-22 iyun kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiningO‘quv markazi va Xodimlar bilan ishlash departamenti tomonidan tashkil etilgan “Bank raqobatbardoshligini oshirishda mijozlar bilan ishlash samaradorligi” mavzusidagi 5 kunlik o‘quv-seminar o‘z ishini yakunladi.

photo_2019-06-24_17-00-17.jpg

Ta’kidlash joizki, mazkur seminar bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishni inobatga olgan holda moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish, shuningdek “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

photo_2019-06-24_17-00-32.jpg

O‘quv-seminar davomida psixolog biznes-konsultant Nailya Mamayeva va psixolog Komiljon Murodmusayevlar seminar ishtirokchilariga bank xodimining o‘z ish uslubiga professional jihatdan yondashish usullari, psixologik holatni boshqarish, psixologik moslashuvda birinchi darajali xizmatning zarur komponenti sifatidagi ijobiy munosabat, agressiv mijozlar bilan muloqot qilishda ichki holatni saqlash, yonish sindromidan qochish, mijozga mukammal xizmat ko‘rsatish usullari haqida bilim va kasbiy malakalarini oshirish masalasiga batafsil to‘xtalib, bank xodimlariga tegishli tushunchalar berildi.


- Mazkur 5 kun davomida bo‘lib o‘tgan biznes-treningda shaxsan men birinchi navbatda maqsad sari intilishni o‘rgandim, - deydi Namangan filiali “Pop” mini banki mudiri Zafar Jo‘rayev. – Ikkinchidan, inson ongining rivojlanishida mutolaa madaniyatining eng yuqori o‘rin egallashini tushungan holda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishim yanada ortdi. Shuningdek, seminar davomida vaqtni samarali sarflashni o‘rgandim. Insonda o‘z kasbiga qiziqish bo‘lsa, bu kasbning mukammal ustasi bo‘lishini yana bir bor tushundim. Shuningdek, ushbu trening jarayonidamijozlarga psixologik yondashuv uslublari va mijozlar bilan ishlash prinsiplari misollar bilan tushuntirib berildi. Albatta, bu kabi seminar-treninglarning doimiy tashkil etilayotgani bizga o‘z ustimizda ishlash imkoniyatini yaratish bilan birga, bank tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini oshishiga va mijozlarga sifatli bank xizmatlari taqdim etilishiga sabab bo‘ladi, - deya so‘zini yakunladi Zafar Jo‘rayev.

- Bir hafta davomida bizga turli psixolog biznes-konsultantlar tomonidan mijozlar bilan ishlash, ularga psixologik yondoshuv, liderlik sirlari, turli stress holatlarda mijozlar dunyoqarashini o‘zgartirish, xodimlar bilan jamoada ishlash uslublari, shuningdek, ish muhitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan stressli vaziyatlarni bataraf etish borasidagi malakaviy bilimlarimizni oshirishdi, - deydi Andijon filiali “Shaxrixon” mini-banki mudiri Dilyorbek Xusanov.

photo_2019-06-24_17-00-23.jpg

Ayniqsa, biznes-konsultant Nailya Mamayeva va psixolog Komiljon Murodmusayevlar tomonidan mijozlar bilan muloqot qilish uslublarining interaktiv psixologik o‘yin tarzidagi mashqlar orqali tushuntirilishi bizda katta taassurot qoldirdi. Albatta, bu kabi seminar-treninglarni tashkillashtirgan tashkilotchilarga va bank rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Chunki, o‘quv-seminar davomida biz o‘z ustimizda ishlab, bilimimizni yanada mustahkamlash bilan bir qatorda,o‘zimizni qiziqtirgan barcha savollarga javob oldik, - dedi Dilyorbek Xusanov.

Seminarning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat bo‘ldiki, unda ishtirokchilar nafaqat bank xodimi, balki bank mijozi sifatida ishtirok etib, mijoz o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rish, shu bilan birga kelgusida bank va mijoz o‘rtasida alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida kengroq tasavvurlarga ega bo‘lishdi.Seminar yakunidaishtirokchilargasertifikatlarberildi.

“Bank raqobatbardoshligini oshirishda mijozlar bilan ishlash samaradorligi” mavzuidagi 5 kunlik o‘quv-seminar o‘z ishini yakunladi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 788
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech