Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  23 Dekabr 2019, 18:29

Musobaqa g‘oliblari aniqlandi
23 Dec 2019

Kuni kecha joriy yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra Qashqadaryo viloyatida 16 ta tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalari sarhisob qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida, Markaziy bankning Qashqadaryo viloyati Bosh boshqarmasi viloyat banklari faoliyatini bir necha mezonlarga ko‘ra tahlil qildi. Ular orqasida aholiga bank xizmatlari ko‘rsatishni ommalashtirish borasidagi harakatlari, kredit portfeli sifati, aktivlar daromadligi va rentabelligi, omonat va depozitlarning jalb qilinishi, sof foyda, ariza va shikoyatlar bilan ishlash, kadrlar siyosati, Humo tizimida ishlarning tashkil qilinishi hamda valyuta amaliyotlari kabi ko‘rsatkichlar shular jumlasidandir.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Qarshi filiali 1-o‘ringa loyiq deb topildi, bu esa Bankning faoliyati mazkur sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini isbotlaydi.

Har yil o‘tkaziladigan bu kabi tadbirlar, shubhasiz, tijorat banklarining aholi bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish bilan birga, qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishida banklarning resurs bazasini mustahkamlaydi va sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Shuningdek, aholiga taqdim etilayotgan bank va moliya xizmatlar sifatini ilg‘or tajribalarini qo‘llash orqali yaxshilaydi.

O‘z navbatida, Trastbank jamoasi nomidan Bankning Qarshi filiialini erishgan g‘alabasi bilan muborakbod etamiz. Trastbankning O‘zbekiston moliya bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlashi va bank uchun yangi mijozlar jalb qilishidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 28

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9547.05
10585.77
12418.80
155.06
9862.65
86.68
Sotib olish
9520.00
10400.00
12300.00
130.00
9700.00
70.00
Sotish
9560.00
10700.00
12600.00
170.00
9950.00
100.00
 
-3.71
-34.68
-53.54
-1.53
39.80
-0.57
MB kursi - 21.01.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 22.01.2020 15:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech