Xabar berilganidek, joriy yilning 8-noyabridan boshlab “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki xodimlari uchun seminar o‘tkazildi. Bugun, 19-noyabr kuni ushbu o‘quv kursining yakuniy qismi bo‘lib o‘tdi.
Unda malakali trener Timur Aripov tomonidan maʼruzalar qilindi hamda amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Xususan, omma oldida nutq so‘zlashda hayajon va qo‘rquvni yengish, nutq madaniyatini rivojlantirish, nutq texnikasini yaxshilash, muzokaralarda qatnashishni o‘rganish hamda odamlar bilan muloqotga kirishish borasida ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomoshabinlar oldida gapirishda qo‘rquvni yengish, nutq tuzilishi, spikerning ko‘rinishi, qiyin auditoriya bilan ishlash, improvizatsiya va kamera oldida gapirishda qo‘rquv va hayajonni yengish borasida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tashdi.