Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi ortmoqda

Yangilangan sana: 19 Oktabr 2017, 11:06
17 Okt 2017
“Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan navbatdagi sayyor uchrashuvi joriy yilning 17 oktyabrida bankning Samarqand filialida bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda Hukumatimizning e’tibori tufayli yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimiz uchun ko‘pgina imkoniyatlar yaratildi.
“Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Kamil Gabbazov ishtirokida Samarqand viloyatida tashkil etilgan uchrashuvda bir qator jismoniy shaxslar, yuridik shaxs vakillari , tadbirkorlik sub’ektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etdilar hamda ularga bank sohasida qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, ularning mazmun mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etgan holda yig‘ilganlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
E’tiborli tomoni shundaki, mijozlar bank rahbariyati tomonidan ko‘rsatilgan e’tibordan minnatdor ekanliklarini va shunday uchrashuvlarning zarur ekanligini aytishdi. Sayyor qabul yakunida barcha yoritilgan masalalar, berilgan savollar va takliflar yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1321
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech