Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Mamlakat hududida lizing shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida

Yangilangan sana: 12 Oktabr 2017, 19:10
12 Okt 2017
O‘zbekiston Respublikasi hududida lizing shartnomalari bo‘yicha chet el valyutasida hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining «Lizing to‘g‘risida» gi Qonuniga ko‘ra:

- lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig‘iga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi;

- kelajakda lizing oluvchiga lizing bo‘yicha topshirish maqsadida mol-mulkni o‘ziga mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb tan olinadi;

- lizing oluvchi lizing beruvchi oldida shartnoma yuzasidan javobgar bo‘lib qolgani holda, lizing shartnomasi bo‘yicha olgan mol-mulkini lizing beruvchining roziligi bilan qo‘shimcha lizingga (sublizingga) topshirishga haqli.

- lizing faoliyati deb lizing beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va (yoki) jalb etilgan mablag‘lar hisobidan lizing ob’ektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turiga aytiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Markaziy bank quyidagilarni ma’lum qiladi:

a) O‘zbekiston Respublikasining lizing kompaniyaci tomonidan (pul mablag‘larining manbacidan qat’iy nazar) lizing oluvchiga o‘tkazib berish uchun lizing ob’ektini sotib olishni ko‘zda tutuvchi lizing operatsiyalari o‘tkazilganda, lizing to‘lovlari chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursiga bog‘lab qo‘yilmasdan, faqatgina milliy valyutada o‘rnatilishi va to‘lanishi lozim;

b) chet el kompaniyasi tegishli lizing ob’ektini sublizingga berishni nazarda tutuvchi lizing operatsiyalarini o‘tkazganda, lizing to‘lovlarini milliy valyutada to‘lash sharti bilan chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursiga bog‘lab qo‘yishga yo‘l qo‘yiladi.

Bunda, chet el valyutalari kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tafovut, tomonlarning lizing shartnomasi bo‘yicha xo‘jalik faoliyatining natijasi hisoblanadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki / Ko'rishlar: 1236
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech