Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati”

Yangilangan sana: 7 Dekabr 2017, 18:24
“Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati”
7 Dek 2017
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2017 yilning 7 dekabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Amaliyot boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent Davlat Yuridik universiteti dotsenti, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki departament direktorlari, mustaqil boshqarma boshliqlari va Amaliyot boshqarmasi rahbar xodimlari, shuningdek televediniya va matbuot xodimlari, jami 50 dan ortiq tinglovchilar ishtirok etishdi.

Xususan, tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent Davlat Yuridik universiteti dotsenti – yuridik fanlar nomzodi Feruza Muxiddinova, Bosh qomusimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, bosh qomusimizning yaratilish tarixi, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek konstitutsiyamizning jamiyatdagi muhim o‘rni va demokratik islohotlarning tayanchi ekanligi haqida atroflicha fikr va mulohazalar yuritib, “Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida ma’ruza qildi.

Huquqiy demokratik davlatning eng asosiy prinsiplaridan biri - bu qonun ustuvorligidir. Shu boisdan anjumanda konstitutsiya - yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tarkib toptirish, xalqimiz uchun farovon hayot barpo etish, mamlakatimiz xalqaro maydonda munosib o‘rin egallab turishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan notiqlar asosiy Qonun, ular asosida qabul qilingan direktiv hujjatlar jumladan, mamlakatimiz bank tizimini isloh qilishga qaratilgan muhim hujjatlar haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Xususan, tadbirda bankning har bir xodimi faoliyati murod-maqsadiga “Mijoz bank uchun emas – Bank mijoz uchun” shiori ruhi singdirib yuborilishi lozimligi qayd etildi.

- Biz Konstitutsiya haqida gapirganda doimo uni asosiy qonun, bosh huquqiy hujjat sifatida e’tirof etamiz, — deydi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Yuridik xizmat departamenti etakchi yurist konsulti Murodbek Mambetov. — Chunki jamiyatning har bir jabhasi, odamlar kundalik hayoti unda belgilangan me’yorlar bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois Konstitutsiyani chuqur o‘rganish, hayotimizdagi ahamiyatini anglash, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng ko‘lamda olib borish har doim dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ayniqsa, bankimizning asosiy g‘oyasi hisoblangan aholining ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirish, bank tizimida faoliyat yuritayotgan har bir shaxsning mehnat qilish huquqlari Konstitutsiyada alohida e’tiborga olingan.

Tadbirda ishtirokchilar o‘z takliflari bilan faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar oldilar.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 12272
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech