Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Fitch” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” XAB reytingi “B” darajasida ekanligini tasdiqladi

Yangilangan sana: 2 Dekabr 2021, 10:48
“Fitch” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” XAB reytingi “B” darajasida ekanligini tasdiqladi
1 Dek 2021

2021-yil 25-noyabr kuni “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘zining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (EDR) “Barqaror” prognozi bilan “B” darajasida hamda Barqarorlik reytingini (VR) “b” darajasida ekanligini qayta tasdiqladi.

Bank reytinglari bo'limida ma'lumotlar quyidagicha:

2021-yilning 25-noyabr kuni “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘zining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (EDR) “Barqaror” prognozi bilan “B” darajasida hamda Barqarorlik reytingini (VR) “b” darajasida qayta tasdiqladi.

Emitent defolt reytinglarining “EDR” uzoq muddatli reytinglari “Trastbank” XABning kredit layoqatliligi bilan bog'liq bo'lib, bu bankning yuqori foydaliligi va yuqori darajada kapitallashuv, sezilarli darajadagi likvidli aktivlar va ularning daromadligi hamda a‘lo darajadagi rentabellik ko'rsatkichlarini hisobga olgan “b” darajasi VR reytingida aks ettirilgan.

“Trastbank” XAB rentabelligi ijobiy reyting omili bo'lib, o‘zaro aloqador shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligining prognozlariga ko‘ra, bankning kichik va o‘rta biznesni yuqori daromadli kreditlashga qaratayotgani, yaxshi operatsion samaradorlik, yuqori operatsion foyda reytingning yanada oshishiga xizmat qilmoqda.

“Trastbank” XAB kapital yetarlilik darajasiga yuqori xalqaro reyting bahosi berilishiga yuqori daromadlilik ko'rsatkichlari va sezilarli likvid aktivlari bilan bog‘liq. “Fitch Ratings-Moskva”  reyting agentligi ma'lumotlariga ko'ra, bankning  kapital va likvidlikka bo'lgan regulativ me'yor ko'rsatkichlari, "Trastbank"ning kapitaliga bo'lgan bosimni, bankning yuqori foydaliligi xarajatlarni qoplash imkonini beradi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 778
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech