Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

«Trastbank» XAB o‘z faoliyatini kengaytirmoqda

Yangilangan sana: 13 Aprel 2018, 12:16
«Trastbank» XAB o‘z faoliyatini kengaytirmoqda
13 Apr 2018

Kuni kecha“ Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Toshkent shahri va Andijon viloyatida ikkita yangi “Mirobod” va “Asaka” mini banklarini ochdi.

2018 yilning 3 aprelidan boshlab “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Amaliyot Boshqarmasi qoshida “Mirobod” hamda Andijon filiali qoshida “Asaka” minibanklari ish boshladi. Mazkur minibanklar yuridik shaxslar uchun barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, Trastbankning mazkur yangi minibanklarida kichik biznes vakillari va korporativ mijozlar uchun hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, bugungi kunda Trastbankning poytaxtimizda 4 ta hamda Namangan, Andijon, Termiz, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida 6 ta filiali hamda 51ta mini-banklari orqali mijozlarga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Yangi ochilgan minibanklarning manzili va telefonlari:

"Mirobod" minibanki – Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fitrat ko‘chasi, 7-uy

Tel: 0 (371) 291-40-85

"Asaka" minibanki – Andijon viloyati, Asaka shahri, Umid ko‘chasi, 67-uy

Tel: 0 (374) 233-02-26

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1386
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech