Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 mart 2016 y. - 30 mart 2016 y.

“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2016 yil 30 martda quyidagi manzil bo‘yicha Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 7 uyda o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Qimmatli qog‘oz egalari ro‘yxatini tuzish uchun aksiyadorlar reestrini yopish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sana: 2016 yil 18 mart.

Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar ro‘yxati tuziladigan sana: 2016 yil 18 mart.

Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati tuziladigan sana: 2016 yil 24 mart.

Tashkiliy savollar:

  1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari

Umumiy yig‘ilishi kun tartibi

2016 yil 30 mart soat 15: 00

  1. Aksiyalarning 21 qo‘shimcha chiqarish yakunlari va Bank Ustav kapitalinning yangi miqdorini tasdiqlash.
  2. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.
  3. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.
  4. Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini qabul qilish hamda o‘z faoliyatida Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini qabul qilinishining xabar shaklini tasdiqlash;
  5. Bankning qo‘shimcha aksiyalarini olishda imtiyozli huquqni 2016 yil 1 sentabrgacha qo‘llamaslik to‘g‘risida.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi 2016 yil 30 martda Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy, «Trastbank» XAB binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanishi soat 15:00 da.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga 2016 yil 24 mart holatiga shakllantirilgan «Trastbank» XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 7-uyda tanishish mumkin.

Aksiyadorlar o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

140-00-88, 244-76-58, 244-76-43.

www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Bank Kengashi


Ro’yxatga qaytish

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9384.00
10393.72
11378.10
140.14
9561.85
88.01
Sotib olish
9400
9950.00
10900.00
90.00
9050.00
60.00
Sotish
9440.00
10500.00
11500.00
150.00
9650.00
90.00
 
323.00
301.58
451.44
1.67
251.33
2.44
21.08.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech