Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
07 iyun 2018 y. - 07 iyun 2018 y.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy) Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Tashkiliy savollar:

1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» XAB aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibi

2018 yil 7 iyun soat 15:00 da

1. «Trastbank» XABning 2017 yil faoliyati yakunlarini va 2018 yil rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqish.

2. Bank taftish komissiyasi (taftishchisi)ning 2017 yil yakunlari bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.

3. 2017 yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:

- moliyaviy holati to‘g‘risida jamlangan hisobot,

- foyda yoki zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot,

- umumiy kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,

- pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi jamlangan hisoboti,

- 2017 yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar haqida ma’lumotlar.

4. 2017 yilda olingan foydani taqsimlash.

5. «Trastbank» XAB Boshqaruvi Raisi bilan mehnat shartnomasi muddatini bir yilga uzaytirish.

6. Balansdan tashqari hisoblarda hisobga olingan, 2017 yilda umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida.

7. Bank Kengashining 2017 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv me’yorlariga rioya etilayotganligi haqida hisobot.

8. Bank Kengashini a’zolarini saylash.

9. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ni tasdiqlash.

10. Aksiyalarning 22 qo‘shimcha chiqarilish yakunlari va Bank Ustav kapitalining yangi miqdorini tasdiqlash.

11. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.

12. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2017-2021 yillar uchun uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.

13. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

14. Belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qaytarish.

15. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.

16. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.

17. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki kengashi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish.

18. Bankda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

«Trastbank» XAB aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi 2018 yil 7 iyunda Toshkent shahri, Navoiy kuchasi, 7 uy, «Trastbank» XAB binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanishi soat 15:00 da

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar ro‘yxati tuziladigan sana - 2018 yil 23 may.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida

2018 yilning 1 iyun holatiga shakllantirilgan «Trastbank» XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Bank aksiyadorlari, Umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 7-uy.

Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

198-41-09, 140-00-88, 244-76-43.

www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz


Ro’yxatga qaytish

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9510.99
10476.36
12300.56
147.79
9512.89
86.85
Sotib olish
9500.00
10100.00
11800.00
100.00
9100.00
70.00
Sotish
9550.00
10600.00
12400.00
160.00
9700.00
100.00
 
16.31
11.32
118.89
-0.95
-8.45
-0.55
03.12.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech