Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
E’lonlar

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Aksiyadoriga xabarnoma

Yangilangan sana: 19 Sentabr 2019, 14:59

Bank kapitalini ko‘paytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi 3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2019 yil 10 iyunda o‘tkazilgan bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida, bank ustav kapitalini ko‘shimcha aksiyalar chiqarish hamda ularni joylashtirish hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bank Kengashi tomonidan qo‘shimcha 24 chiqariluvdagi har birining nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan jami 65 000 000 000 (oltmish besh milliard) so‘mlik 65 000 000 (oltmish besh million) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining (06.05.2014 yil, 370-sonli) 36 moddasi, shuningdek aksiyalar chiqarilishi (qo‘shimcha) to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, bank aksiyadorlari qo‘shimcha aksiyalarni bank ustavida belgilangan tartibda o‘zlariga tegishli bo‘lgan shu turdagi aksiyalar soniga mutanosib ravishda sotib olishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining (06.05.2014 yil, 370-sonli) 34 moddasiga asosan aksiyalar bozor narxida joylashtiriladi.

Qo‘shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli xuquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxati, Bank aksiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sana, 2019 yil 12 avgust holatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reestri ma’lumotlari asosida tuziladi.

Bank aksiyadori o‘zining imtiyozli huquqidan to‘liq yoki qisman foydalanishi mumkin, buning uchun aksiyadorning to‘liq ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), sotib olayotgan aksiyalar soni va aksiyalar uchun haq to‘langanligi ko‘rsatilgan xujjat ilova qilingan ariza “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banknining Bosh ofisiga taqdim etilishi zarur. Ariza bankka 2019 yil 20 sentabrdan boshlab 2019 yil 19 oktabrga qadar, ya’ni 30 kun davomida taqdim etilishi shart.

Bank aksiyalarini sotib olish bo‘yicha xujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida hamda aksiyalar chiqarilishi (qo‘shimcha) to‘g‘risidagi qarorda belgilangan tartibda, arizalar kelib tushishi davomida rasmiylashtirilib boriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech