Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 199-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi ”O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4609-son Farmoniga muvofiq 2014 yil 1 sentabrdan boshlab Tashqi savdo kontraktlarini vakolatli banklarda hisobga qo‘yish tartiboti bekor qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kiritadilar.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi savdo kontraktlari yuzasidan monitoring valyuta nazorati organlari va vakolatli banklar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

a) Kontrakt bo’yicha umumiy ahborot:

  • import qiluvchi (eksport qiluvchi)ning nomi va rekvizitlari, shu jumladan STIR;
  • horijiy sherikning nomi va uning rekvizitlari;
  • kontraktning sanasi va tartib raqami;
  • kontraktning turi;
  • kontrakt (tovar, ish, hizmat)ning mavzusi;
  • kontraktning umumiy summasi;
  • kontraktning valyutasi;
  • to’lov valyutasi;
  • tovarni etkazib berish, ishlarni bajarish va hizmatlar ko’rsatish shartlari va muddatlari;
  • to’lov shartlari;
  • qo’shimcha bitimlar;
  • bajarilgan ishlar va/ёki ko’rsatilgan hizmatlarning dalolatnomalari;
  • kontraktni boshqa bankka ёki tovar-hom ashё birjasiga berish;
  • kontrakt bo’yicha operaciyalarni tugallash.
  • banklar tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

b) Mablag’lar harakati to’g’risidagi ahborot:

  • to’lov sanasi va summasi;
  • to’lov topshirig’ining sanasi va tartib raqami;
  • majburiy sotish amalga oshirilganligi sanasi;
  • majburiy sotuv summasi;
  • akkreditiv ochish sanasi, tartib raqami, summasi va muddati hamda uning bajarilishi to’g’risidagi ahborot;
  • berilgan kafolatning sanasi, tartib raqami, summasi va muddati, kafilning nomi va kafolat bajarilganligi to’g’risidagi ahborot;
  • berilgan sug’urta polisining sanasi, tartib raqami, summasi va muddati, sug’urta kompaniyasining nomi;
  • kontraktlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar;
  • debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobdan chiqarish;
  • jazo jarimalari va norezidentning daromadiga soliq to’lash;
  • horijiy bankning vositachilik haqi.
  • bojhona organlari tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

v) Tovarlar yuklab jo’natilganligi va tushganligi to’g’risidagi ahborot:

  • tovarning nomi va TIF TN bo’yicha kod;
  • tovarning miqdori;
  • tovar kelib chiqqan mamlakat;
  • bojhona yuk deklaraciyasi ro’yhatdan o’tkazilgan sana va uning tartib raqami;
  • tovar yuklab jo’natilgan/tushgan sana;
  • tovar bojhona chegarasini kesib o’tgan sana;
  • tovarni bojhonada rasmiylashtirish sanasi;
  • tushgan tovarning faktura, bojhona va statistika qiymati;
  • yuklab jo’natilgan ёki tushgan tovarning bojhona rejimi;
  • o’lchashning qo’shimcha birligi, kodi (zarurat bo’lganda);
  • tovarning og’irligi.

Korrespodent banklar:

Bank nomiPul birligi
Commerzbank AG (Germanya)EUR, GBP
Landesbank Baden-Wuerttemberg (Germanya)EUR
Raiffeisen Bank International AG (Avstriya)USD, EUR
Sberbank Rossii (Rossiya)USD, RUB
Promsvyazbank (Rossiya)USD, EUR, RUB
Vneshtorgbank (Rossiya)USD, RUB
Asia-Invest Bank (Rossiya)USD, EUR, RUB
Novikombank (Russiya)USD, EUR, RUB
Transkapitalbank (Russiya)USD, EUR, RUB
Bank of China (Xitoy)USD
O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy bankiUSD, EUR, RUB, GBP, JPY

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9510.99
10476.36
12300.56
147.79
9512.89
86.85
Sotib olish
9500.00
10100.00
11800.00
100.00
9100.00
70.00
Sotish
9550.00
10600.00
12400.00
160.00
9700.00
100.00
 
16.31
11.32
118.89
-0.95
-8.45
-0.55
03.12.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech