Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Valyuta operasiyalarni amalga oshirish tartibi buzilishi belgilariQonun hujjatiKo’zda tuttilgan jazo choralari
a) mazkur Nizomning 1-ilovasida ko’rsatib o’tilgan ro’yhatdagi imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda ma’lumotlarni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hududlarda (offshor hududlarda) ro’yhatdan o’tgan, shuningdek norezidentlarning oshkor hududlarda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga shartnoma (kontrakt) bo’yicha tovarlar (ishlar, hizmatlar) importi yuzasidan to’lov amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl bo’yicha); b) rezidentlar tomonidan eksport-import shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganliklari va etkazib berish yoki to’lov muddatlariga rioya qilmaganliklari uchun kontragent-norezidentlarga jarima to’lanishi (mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl bo’yicha); v) import shartnomalari bo’yicha ishlarni bajarish yoki hizmatlar ko’rsatish, royalti bo’yicha to’lov, shuningdek chet el ta’sischilariga dividendlarni o’tkazib berish yoki foydani repatriatsiya qilish yuzasidan to’lov amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shakl bo’yicha); g) norezidentlarga ular yuridik shahs - O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aktsiyalar, ulushlar (paylar) hamda O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko’chmas mulkni realizatsiya qilganliklari uchun to’lovlar amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 3a-ilovasidagi shakl bo’yicha); d) rezident tomonidan kredit shartnomasi (qarz shartnomasi) bo’yicha norezident foydasiga (halqaro moliya institutlari va chet el banklari tomonidan berilgan kredit (qarz)lardan tashqari) to’lovlar amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 3b-ilovasidagi shakl bo’yicha); e) jismoniy shahs - O’zbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan jismoniy shahslarning horijdagi hisobvarag’iga pul mablag’lari o’tkazmasi, agar bir kalendarь yili davomida o’tkazma summasining ekvivalenti 10 ming AQSH dollaridan ortiq bo’lsa (mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl bo’yicha); j) chet eldan jismoniy shahs - O’zbekiston Respublikasi rezidentining hisobvarag’iga horijiy yuridik shahslardan pul mablag’larining kelib tushishi (mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl bo’yicha). Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to’g’risida Nizom” AV tomonidan 2013 yil 12 iyunda tasdiqlangan Davlat soliq hizmati organlari vakolatli banklar va davlat bojhona hizmati organlaridan olingan ma’lumotni tahlil qiladi va valyuta operatsiyalarini (eksport-import operatsiyalari, mablag’larni o’tkazish va shu kabi) amalga oshirish tartibi buzilganlik belgilari aniqlanganda, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalariga mazkur shartnomani tuzgan ho’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini tekshirishdan o’tkazish masalasini belgilangan tartibda ko’rib chiqish uchun bitim bilan murojaat qiladi. Tekshirish va kameral nazorati natijalari bo’yicha huquqbuzarlik faktlari sodir etilganligi tasdiqlanganda, davlat soliq hizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar ko’riladi va tekshirish materiallari qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko’rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. O’tkazilayotgan tekshirishlar va kameral nazorati jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog’liq holatlar aniqlangan taqdirda, Davlat soliq hizmati organlari bu haqda uch kun muddat ichida Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga habar beradi.
Tovarlarni respublikaga olib kirish va "erkin muomala uchun chiqarish" rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va hizmatlar ko’rsatish yoki import kontraktlari bo’yicha ular uchun to’langan pul mablag’larini qaytarish muddati: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar bo’yicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qo’mita tomonidan tasdiqlangan taqdirda - import kontraktlarida belgilangan muddatlardan; boshqa import kontraktlari bo’yicha - to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kalendarь kundan ortiq bo’lmasligi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi 21.07.2014y. № 199 sonli Qarori Import bo’yicha tovarlar to’liq tushmaganligi (ishlar va hizmatlar bajarilmaganligi) (avans to’lovi qaytarilganligi) holatlari to’g’risidagi ahborot TSOYAEATda shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tegishli chora-tadbirlar ko’rish uchun TSOYAEAT ma’lumotlaridan foydalanadi.
Eksport kontraktlari bo’yicha tushum tushishi yoki qaytarib olib kirish muddati: pahta tolasini eksport qiluvchi O’zbekiston Respublikasining "O’zmarkazimpeks" davlat-aktsiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi, "O’zsanoatmashimpeks" davlat-aktsiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi, "Markazsanoateksport" davlat-aktsiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi, "O’zinterimpeks" davlat-aktsiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi, "O’ztashqitrans" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi, "O’rta Osiyo Trans" HAYUT davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi uchun tovarlar, ishlar va hizmatlarni amalda eksport qilish kunidan boshlab 90 kundan; muassislar tomonidan chet eldagi korhonalarning (savdo uylari, savdo vakolathonalari, sho’’ba korhonalar, firma do’konlar, dilerlik tarmoqlari va konsignatsion omborlar) manziliga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining a’zolari bo’lgan ho’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Savdo-sanoat palatasining savdo-investitsiya uylari manziliga olib chiqiladigan tovarlarning amalda eksport qilingan kunidan boshlab 180 kundan; belgilangan tartibda eksport kontrakti sug’urtasi bo’yicha polis mavjud bo’lganda oldindan haq to’lamasdan, akkreditiv ochmasdan yoki bank kafolatisiz horijiy valyutaga tovarlar, ishlar va hizmatlar eksportini amalga oshiruvchi kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun tovarlar, ishlar va hizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 180 kundan; boshqa eksport qiluvchilar uchun - tovarlar, ishlar va hizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 60 kundan oshmasligi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi 21.07.2014y. № 199 sonli Qarori Tovarlar (ishlar, hizmatlar) eksportidan tushum qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tushmaganligi yoki to’liq tushmaganligi holatlari to’g’risidagi ahborot TSOYAEATda shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tegishli chora-tadbirlar ko’rish uchun TSOYAEAT ma’lumotlaridan foydalanadi. CHet eldan valyuta tushumi 30 bank kunidan ortiq kechiktirilishiga yo’l qo’ygan eksport qiluvchilar (kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun - 60 bank kuni) belgilangan muddatlar tamom bo’lgandan keyin: valyuta tushumi belgilangan muddatlardan 180 kungacha kechikkanda - tushmagan valyuta mablag’lari summasining 10 foiziga teng; valyuta tushumi belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda - qo’shimcha ravishda tushmagan valyuta mablag’lari summasining 20 foiziga teng; valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechikkanda - qo’shimcha ravishda tushmagan valyuta mablag’lari summasining 70 foiziga teng jarima to’laydilar.
Valyuta tushumini yashirish: a) valyuta tushumi korohonalar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ruhsatisiz chet el banklarida ochilgan hisobvarqlari hisobiga kiritilishi; PF-837-son Farmoni Ilovasidagi “Eksport va import operatsiyalar bo’yicha valyutaga oid nazorat to’g’risida Nizom” - tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi mavqeidan mahrum qilish; - chet el valyutada barcha operatsiyalar o’tkazish yuzasidan berilgan litsenziyalardan mahrum qilish; - moliya sanktsiyalarni qo’llash va ma’muriy jarimalarga tortish; - amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartib buzarlikni sodir etgan yoki lozim bo’lgan choralarni qabul qilmagan mansabdor shahslarni javobgarlikga tortish;
b) O’zbekiston Respublikasi vakolatli banklari hisobvaraqlari hisobiga kiritilishi lozim bo’lgan valyuta tushumini qasddan yashirish O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 178-moddasi “Chet El valyutasini yashirish” Eng kam oylik ish haqining etmish besh barobaridan yuz barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O’sha qilmish: a) g’arzgo’ylik bilan; b) takroran; v) bir guruh shahslar tomonidan olidindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, - besh yildan sakkiz yilgacha ozoddlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O’sha qlimish uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa - sakkiz yildan o’n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eksport kontraktlari bo’yicha kelib tushgan valyuta tushumini majburiy sotilishini amalga oshirmaslik O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”kodeksining 171-moddasi Mansabdor shahslar eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o’n ikki barobarigacha miqdorda jarimaga tortiladilar
Majburiy to’lovdan ozod qilish bo’yicha imtiyozdan foydalanishda tartib buzralik (“Ho’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan horijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibi” Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi 245-son qaroriga Ilovaning “e” kichik bandi) O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to’g’risida” Qonuni, 2000 yil 25 may 69-II –son. Mikrofirma yoki kichik korhona tomonidan hodimlarning o’rta yillik soni belgilangan miqdordan ortib ketsa, ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan yo’l qo’yilgan ortish davriga va keyingi uch oy davomiga mahrum qilinadilar.

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
8562.34
9731.96
10908.42
135.34
8771.09
79.80
Sotib olish
8540.00
9260.00
10410.00
90.00
8190.00
60.00
Sotish
8600.00
9750.00
10950.00
140.00
8710.00
80.00
 
26.60
165.96
161.92
2.77
225.95
1.17
25.06.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech